Yangiliklar
“VOLT-SPB” kompaniyasi: Tayanch ustunlarining yerlagich tizimiga oid innovatsion ishlanmalar
  • 03.06.2024
  • 162

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishchi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi elektr energetika korxonalarining yangi ishlanmalari bilan tanishish barobarida yuqori kuchlanish elektr tarmoqlari tayanch ustunlarining yerlagich tizimiga oid innovatsion yechimlarni o‘rganishdi.

Sankt-Peterburg shahri yaqinidagi Gatchina qo‘rg‘oni hududida joylashgan “VOLT-SPB” kompaniyasi yuqori qarshilik xossasiga ega asoslar (tuproq) uchun yerlagich tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona bo‘lib, chaqmoqdan himoya (yashinqaytargich) va yuqori samaradorlikka ega yerlagich tizimiga oid innovatsion ishlanmalarini tegishli tartibda patentlagan ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

Misol uchun, Aksiyadorlik jamiyati Ekspluatatsiyaga qabul qilish sektori boshlig‘i Omon Ortiqboyev kompaniya tomonidan taqdim etilgan zamonaviy yerlagich tizimini nazorat laboratoriyasida sinovdan o‘tkazib, uning quruq toshloq va qumli asosda ekspluatatsiya qilish jarayonini o‘rgandi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari zamonaviy yerlagich tizimini tuzli asosda (sho‘rxok tuproqli hududda) eksluatatsiya qilish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirishdi.

 

Facebook  ‖ InstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>