⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishchi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi elektr energetika tarmog‘ida faoliyat olib boruvchi korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqdalar.
Ishchi guruh Qozon shahrida joylashgan elektr uskuna va jihozlar ishlab chiqaruvchi korxonalar klasteri bilan tanishdilar. Press-tur tadbirlari elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan boshlandi. So‘ngra yuqori va past kuchlanishli podstansiya hamda transformator punktlari uchun taqsimlash qurilmalari, elektr hisoblagichlar, elektr montyor hamda chilangarlar ishlatadigan o‘lchov asboblari namoyish qilindi.
Delegatsiya aʼzolari yangi turdagi elektr jihoz va uskunalari hamda ularning innovatsion ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.
Xorijiy hamkorlarning innovatsion loyihalari va zamonaviy ishlanmalari bilan tanishish chog‘ida mutaxassislar tomonidan tajriba almashinuvi, mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya aʼzolari press-tur davomida xavfsizlik texnikasiga qoidalariga rioya qilishda foydalaniladigan uskuna va jihozlarning qulayligi, servis xizmatlari kafolati, to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash-sozlash ishlarini olib borishda uskunalarning xavfsizligi va ishonchliligini oshirish bo‘yicha o‘zaro savol-javoblar o‘tkazishdi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati