⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishchi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi elektr energetika tarmog‘ida faoliyat olib boruvchi ishlab chiqaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqdalar.
Delegatsiya aʼzolari asosan elektr kabellari, jumladan yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlarini ishlab chiqarishga moslashgan korxonada mehnat unumdorligi, mahsulot sifatini tekshirish jarayoni, innovatsion ishlanma va xarajatlarni qisqartirishning o‘ziga xos usullari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining uzviyligi hamda energiya samaradorligi va tejamkorligi masalalarini batafsil o‘rganishdi.
Eslatib o‘tamiz, dunyo davlatlaridagi kabi Markaziy Osiyo mamlakatlari elektr energetika tarmog‘ida ham urbanizatsiya talablariga muvofiq elektr uzatish havo liniyalari bilan birga yuqori kuchlanishli yerosti kabellarini yotqizish va bu orqali elaktr taʼminoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bunday investitsiya loyihalarini amaliyotgan tatbiq qilishda sanoat mahsulotlarining yangi avlodiga mansub elektr uskuna va jihozlarning ishlab chiqarish jarayoni hamda ularni samarali ekspluatatsiya qilishda zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish — soha mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati