Yangiliklar
XALQARO TAJRIBANI O‘RGANISH JARAYONI: “VOLT-SPB” kompaniyasi — yuqori qarshilik xossasiga ega asoslar uchun yerlagich tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona
  • 02.06.2024
  • 117

Maʼlumki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har bir javhasida bo‘lgani kabi energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida ham xalqaro tajribani o‘rganish muhim sanaladi. Ayniqsa, elektr tarmoqlari va podstansiyalarni qurish, mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ekspluatatsiya jarayonlarida (taʼmirlash-sozlash) yangi ishlanmalar, innovatsion dasturlarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish — energetiklar oldida turgan bugungi kun talablaridan biri.

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining bir qancha energetika tizim korxonalariga tashrif buyurib, ularning innovatsion ishlanmalari bilan tanishgan holda o‘zaro bilim-tajriba almashmoqda.  

⇒ Eʼtiboringizga Sankt-Peterburgdagi “VOLT-SPB” kompaniyasi faoliyatiga oid maʼlumotlarni taqdim etamiz:

♦ “VOLT-SPB” MCHJ – yuqori qarshilik xossasiga ega asoslar uchun yerlagich tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona hisoblanadi. Kompaniya elektr xavfsizligi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi, sifat standartlari va moslashuvchan boshqaruvga ega  korxona, deya taʼriflanadi.

♦ Kompaniya yuqori qarshilikka ega asos uchun yerlagich tizimlarini ishlab chiqaradi va u ayni paytda
turli xil iqlim sharoiti va tuproq tarkibiga ega asoslar uchun 3 turdagi yerlagichlarni energetika tizim tashkilotlariga taklif etmoqda.

♦ Kompaniya Sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 muvofiqlik sertifikatiga ega.

► volt-spb.ru veb-sayti maʼlumotlaridan foydalanildi.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>