⚡️ Dasturda 2024-yilning 22–23-may kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berildi.
✍️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar Nilufar Ahmedova tomonidan tayyorlanib efirga uzatildi.
Elektr energetika sohasi rahbarlari yig‘ilishida 2024-yilning vegetatsiya davrida suv resurslarini samarali foydalanish, energiya taqchilligi va yirik avariyalarning oldini olish, hamkorlikning istiqbolli rejalari, 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.
Shu bilan birga, elektr energetika tarmog‘i dispetcherlari hamda mutaxassislarining dispetcherlik jadvaliga rioya qilish, navbatchi xodimlar va dispetcherlarning malakasini oshirish va tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati