Yangiliklar
Diqqat, eʼlon! Qurilish-montaj ishlarini xavfsiz bajarish uchun 110 kV kuchlanishli liniya vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi
  • 29.05.2024
  • 149

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni maʼlum qiladiki, ayni paytda Qarshi shahridagi 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Modernizatsiya dasturiga muvofiq yangi o‘rnatilgan OV-110 kV o‘chirgichini  ishga tushirish  maqsadida 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasiga o‘rnatilgan OV-110 kV yacheykasini shina ajratgichlarida montaj ishlarini xavfsiz bajarish uchun:

2024-yil 31-may kuni soat 00:00 dan  soat 05:00 gacha (isteʼmol hajmi keskin pasaygan tungi soatlarda) texnik-muhandislik nomi L-Hilol-110 bo‘lgan liniya vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi. “Xonobod” MFY, “Mullaquvvat” MFY, “Kerayid” MFY, “Hilol” MFY, “Qovchin” MFY hamda Nasos elektr stansiya boshqarmasi (UNES) vaqtincha kuchlanishsiz qoladi.

⚡️ Zaruriyat tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

 

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>