Yangiliklar
500 kV kuchlanishli «Toshkent» podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘loti o‘tkazildi
  • 29.05.2024
  • 147

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tayyorgarlik korish va uni muhofaza qilish bo‘yicha tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 2024-yil 22-yanvardagi 1-son buyrug‘i hamda “O‘zbekiston milliy elekt tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatning 2024-yil 5-fevraldagi 1-sonli buyrug‘i ijrosini taminlash maqsadida, 500 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati, qutqaruv tuzilmalari hamda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda: Obyektning fuqaro muhofazasi tuzilmalari va harbiylashtirilgan qo‘riqlash qismi shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasini oshirish, ularni zilzila sodir bo‘lganda Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash va qutqaruv xizmatlarining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi harakatini uyg‘unlashtirish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Bundan tashqari, tadbir davomidada o‘quv mashqlariga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qutqaruv, avariya-texnik, sanitariya, yong‘ini bartaraf etish, aloqa va axborot hamda jamoat tartibini saqlash guruhlarning boshqaruv hamda shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilish kabi vazifalar muvofiqlashuvi ko‘rib chiqildi.

 

 

 

 

 

 

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>