OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ENERGETIKA SOHASIDAGI O‘ZBEKISTON–TOJIKISTON HAMKORLIGI HAR IKKI DAVLAT VA MARKAZIY OSIYO TARAQQIYOTI UCHUN XIZMAT QILADI
  • 24.09.2020
  • 862

  Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan chegaradosh bo‘lgan yagona davlat qaysi ekanligini bilasizmi? Albatta, O‘zbekiston! Shuning uchun mintaqada uning mavqeyi o‘zgacha. Mamlakatimizdagi taraqqiyot nafaqat Vatanimizning ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun, balki butun Markaziy Osiyo uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bejiz emaski, geografik, demografik va iqtisodiy salohiyati bilan O‘zbekiston «Markaziy Osiyoning yuragi» deb tan olingan.

 

O‘zbekiston–Tojikiston munosabatlari

  Qo‘shni Tojikiston bilan O‘zbekistonni umumiy tarix, uzviy ma'naviy qadriyatlar bog‘lab turadi. Ikki qardosh xalq azaldan bir daryodan suv ichib, o‘zaro quda-anda bo‘lib, et bilan tirnoqday yashab kelgan. Garchi ikki tilda so‘zlashsak-da, turish-turmushimiz, madaniyatimiz bir. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, yagona din, uyqosh madaniyat, urf-odat va an'analar bir-biriga mustahkam bog‘lab turadi.

  Xar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va uzoqni ko‘zlab yuritayotgan oqilona siyosati tufayli so‘nggi yillarda mamlakatlarimizning ko‘p qirrali hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi, xalqlarimiz do‘stligi mustahkamlandi.

 
Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 9–10-mart kunlari Tojikistonga davlat tashrifi tarixiy voqyea bo‘ldi. Davlat rahbarlarining ochiq, o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlari nafaqat O‘zbekiston–Tojikiston hamkorligini rivojlantirish, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlashga xizmat qilmoqda.

  Diplomatik aloqalar o‘rnatilgan 1992-yildan buyon ikki mamlakat o‘rtasida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada yuzdan ortiq shartnoma hamda kelishuvlar imzolangan. Bu hujjatlar hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini qamrab oldi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda birgalikdagi harakatlarni mustahkamlash uchun asosga aylandi.

 1993-yil 4-yanvarda imzolangan Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda 2000-yil 15-iyundagi Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomada munosabatlarimizning asosiy tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Xullas, hamkorlikning yangi sahifasi ikki xalq manfaatlari yo‘lidagi yangi maqsadlar va istiqbolli rejalar bilan to‘lgan. Ushbu maqsad va rejalar tarkibida energetika sohasidagi, xususan elektr energetikasi tarmog‘idagi mustahkam aloqalar ham bor.

 

  Rus podshosi istilosi davrida tamal toshi qo‘yilgan va turli chegaradosh hududlar ta'minoti bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan elektr ta'minotidagi hamkorlik masalalari bir necha yillar davomida soyada qolgani rost. Hamkorlikning mustahkamlanishi 2018-yilning mart oyidan, aniqrog‘i o‘zbek–tojik davlat chegarasi orqali 9 ta o‘tish punkti tantanali ravishda ochilgandan so‘ng oftob yuzini ko‘rdi. Xususan, Samarqand viloyatidagi «Jartepa» («Sarazm»), Jizzax viloyatidagi «Kushkent» («O‘ratepa») va «Uchqo‘rg‘on» («Havotog‘»), Sirdaryo viloyatidagi «Xovosobod» («Zafarobod»), Toshkent viloyatidagi «Bekobod» («Xashtyak»), Namangan viloyatidagi «Pop» («Navbunyod»), Farg‘ona viloyatidagi «Ravot» («Ravot»), Surxondaryo viloyatidagi «Gulbahor» («Ayvodj») kabi avtomobil yo‘llaridagi punktlar, shuningdek, temir yo‘l chizig‘idagi «Amuzang» («Hoshadi») punktlari ochilishi iqtisodiy hamkorlikka keng yo‘l ochishi bilan energetika sohasidagi hamkorlikni jadallashtirib yubordi.

  Nafaqat elektr ta'minoti, balki transport-kommunikatsiya tizimlari, sanoat va savdo aloqalari Sobiq Ittifoq davrida bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan O‘zbekiston va Tojikistonning ayni sohalardagi aloqalari mustaqillik yillarida deyarli barbod bo‘lgan edi. Avvaliga transport aloqalari, xususan, Dushanbe–Toshkent yo‘nalishidagi samolyotlar parvozi bekor qilindi. Keyinroq Tojikiston osha Farg‘ona vodiysiga tushgan yo‘ldan foydalanish to‘xtadi. Ikki mamlakat o‘rtasida viza tizimi joriy qilinish bilan birga, chegaradosh hududlar minalashtirildi. Bu, ayniqsa, chegara hududidagi elektr tarmoqlari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatish masalasiga ta'sir ko‘rsatmay qolmagan edi.

 

  2020-yilning ilk kunlarida mamlakatlarimiz rasmiylari Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaralarga o‘rnatilgan minalar butunlay tozalanganini e'lon qildi. Oddiy tojikistonliklar, ayniqsa, O‘zbekiston bilan chegarada yashayotgan kishilar chegaralar minadan tozalangani haqidagi xabarni quvonch bilan kutib olishdi. Do‘stlik, hamkorlik aloqalari avvalgidan-da mustahkamlandi, har ikki davlat strategik hamkor ekanliklarini dunyo sahnasida o‘zaro e'tirof etishdi.

  Muxtasar aytganda, Markaziy Osiyoda ijobiy o‘zgarishlar shamoli esmoqda. Ana shu o‘zgarishlar epkinida mintaqamiz davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi, maslahat uchrashuvlari, muloqotlari faqat va faqat xalqlarimiz farovonligiga, davlatlarimizning gullab-yashnashiga xizmat qilsin.

 

Elektr energetika sohasidagi hamkorlik

  O‘zbekiston Respublikasida energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, iste'molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlanish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga elektr uskuna va jihozlarni sifatli tayyorlash maqsadida, 2018-yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasini import qilish ishlari qayta yo‘lga qo‘yildi.

  2018-yil aprel-sentabr oylarida 1 480,9 mln. kVt•soat yoki 29,6 mln. AQSH dollar qiymatidagi elektr energiyasi import qilingan.

  2019-yil aprel-oktabr oylarida 1 425,1 mln. kVt•soat yoki 28,5 mln. AQSH dollar qiymatidagi elektr energiyasi import qilingan.

  2020-yil 2-mayda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va «Barki Tochik» OAXK o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosan 2020-yil may-sentyabr oylarida jami 1 255,0 mln. kVt•soat yoki 25,1 mln.dollar qiymatidagi elektr energiyasini import qilish belgilangan bo‘lsa, amalda 2020-yil may-iyul oylarida 524,8 mln.kVt•soat yoki 10,5 mln.dollarlik (42 foiz) elektr energiyasi import qilindi.

  To‘g‘ri, hamkorlikda turli texnik-muhandislik holatlari yuz berib turadi, ammo barcha nosozliklar o‘zbekistonlik va tojikistonlik energetiklar tomonidan tezda bartaraf etiladi. Shu o‘rinda turli tabiat injiqliklari va iqlim o‘zgarishi asoratlarini ham sanab o‘tmasa bo‘lmas.

 

  Masalan, «Barki Tochik» OAXKning 2020-yil 13-iyuldagi rasmiy murojaatiga asosan Vaxsh daryosining suvi 50 foizga kamayganligi va buning natijasida «Nurak GES» suv omborida suv sathining o‘tgan yilga nisbatan 10 metrga pasayganligi sababli 2020-yil 16-iyuldan boshlab O‘zbekistonga elektr energiyasini eksporti vaqtincha to‘xtatildi.

  Aniqroq aytganda, Tojikistondan joriy yil iyul oyida 500 kV liniya orqali import to‘xtatilgandan so‘ng 220 kVli havo tarmoqlari bo‘yicha Surxondaryo viloyatida ikkita «Gulcha» va «Denov» podstansiyalariga Tojikistondan, «Sug‘d» podstansiyasiga O‘zbekistondan elektr energiyasi yetkazib berish amalga oshirilmoqda. Oy boshidan ushbu sxema bo‘yicha O‘zbekistonga, tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, 26,3 mln kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.

 

Xalqaro loyihalar doirasida hamkorlik

  Ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida 500 kvli G‘uzor–Regar (l-507) elektr uzatish liniyasini tiklash» investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

  Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi bayonnomasining 5.2-bandiga asoslanib amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning maqsadi O‘zbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining paralell ishlashi paytida elektr energiya ishonchliligini ta'minlashdan iborat.

Loyihaning umumiy qiymati 25 mln. AQSH dollarni tashkil etadi. Loyiha doirasida 500 kVli G‘uzor–Regar (L-507) elektr uzatish liniyasining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi 63 km uzunlikdagi qismi qayta quriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, energetika sohasidagi O‘zbekiston–Tojikiston hamkorligi har ikki davlat va Markaziy Osiyo taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda.

Ulug‘bek Urunov,

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati,

boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 (Mazkur maqola tayyorlanishida uza.uz sayti ma’lumotlari va boshqa rasmiy xabarlardan foydalanildi)

  

minenergy.uz: O‘zbekiston Respublikasida 500 kVli G‘uzor – Regar elektr uzatish tarmog‘ini tiklash investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda

http://minenergy.uz/uz/news/view/824  

minenergy.uz: В Узбекистане реализуется инвестиционный проект по реконструкции ЛЭП 500 кВ «Гузар–Регар»

http://minenergy.uz/ru/news/view/824  

 

uzbekistonmet.uz: MARKAZIY OSIYO VA AFG‘ONISTON ENERGETIKLARI TOSHKENTDA

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/97  

 

uzbekistonmet.uz: TOJIKISTONDAN ELEKTR ENERGIYASINING MAVSUMIY IMPORT AMALIYOTI BOSHLANDI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/334 

uzbekistonmet.uz: НАЧАТ СЕЗОННЫЙ ИМПОРТ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ ИЗ ТАДЖИКИСТАНА

http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/334

 

uzbekistonmet.uz: RASMIY BAYONOT: TA'SIR ETUVCHI BIR NECHTA OMILLAR SABABLI ELEKTR TA'MINOTI TIZIMIGA 0,8–1,0 % MIQDORDA CHEKLOVLAR KIRITILMOQDA

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/446

 

uzbekistonmet.uz: INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH BOSHQARMASI: 2030-YILGA QADAR 24 TA LOYIHA AMALGA OSHIRILADI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/475

 

http://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official

https://uzreport.news/

https://yuz.uz/news/

https://ift.tt/2FLV3Kj

https://new.yuz.uz/ru/

https://podrobno.uz/cat/

https://kun.uz/02050856

http://dy.uz/BiUX5

 

 

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>