OAV va jamoatchilik bilan ishlash
TIL — QUYOSH, ADABIYOT — NUR
  • 17.09.2020
  • 537

  Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi «Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  502-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining 2020-yil 28-avgust kuni 259-sonli buyrug‘i imzolandi.

Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/

  Buyruqqa ko‘ra Jamiyatning Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari o‘z ish rejalariga atoqli adib va mutafakkirlar ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyoboniga sayohat uyushtirish kabi tadbirlarni kiritib, yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan amaliyotlar ko‘lamini birmuncha boyitishdi.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Orif To‘xtashev Adiblar xiyobonida suratga olingan «TIL — QUYOSH, ADABIYOT — NUR» nomli maxsus dasturda ishtirok etdi. E'tiboringizga ushbu lavhani havola etamiz.

Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/              

 

©«Madaniyat va ma'rifat» telekanali

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>