Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Energetika tizimida 1998-yildan beri ishlab kelmoqdaman. Ish stajim buxgalteriyada negadir kam hisoblanayapti...?”
  • 15.03.2024
  • 198

Murojaat egasi: Xolmatov Xaydar Murzaxmedovich, «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimi.

Elektron pochta: hholmatov03@mail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Energetika tizimida 1998-yildan beri ishlab kelmoqdaman. Ish stajim (“выслуга лет”) buxgalteriyada negadir kam hisoblanayapti...

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Xaydar Murzaxmedovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Sizning 368/24-sonli murojaatingizni ko‘rib chiqib, ko‘rsatib o‘tilgan masala yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Jamiyatimizning ichki buyrug‘iga asosan tuzilgan Komissiya tomonidan mehnat faoliyatingiz uzluksizligi o‘rganilganda Energetika tizimida ish boshlagan vaqtingiz 2004-yil 4-oktabr deb noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi va haqiqatda 1998-yil 3-avgust kunidan boshlanganligi maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagi komissiya xulosasiga asosan Jamiyatning tegishli buyrug‘i chiqarilganligi va ushbu  buyruq asosida Aksiyadorlik jamiyati tasarrufida bo‘lgan «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali joriy yilning aprel oyida mehnat faoliyatingiz uzluksizligi bo‘yicha qayta hisob-kitob qilib, qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.

Faylni yuklab oling

Murojaatingiz yuzasidan Sizga berilgan mazkur javob xatidan norozi bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqingiz mavjudligini  maʼlum qilamiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>