Energetika vaziri vazrlik tomonidan kompaniyalarga nisbatan kim o‘rnatishi bo‘yicha to‘siqlar va ro‘yxatlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Foto: “Gazeta.uz”
O‘zbekistonda 1-oktabrdan elektr energiyasi tariflarining oshishi tadbirkorlar tomonidan ko‘proq quyosh panellari o‘rnatilishiga olib keldi. Bu haqda 8-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
Ekopartiyadan saylangan deputat Ravshanbek Begmatov aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida quyosh batareyalarini o‘rnatish bo‘yicha tasdiqlangan parametrlar yetarli darajada bajarilmayotganini ta’kidladi. Jumladan, 1-oktabr holatiga ko‘ra, ijtimoiy soha obyektlari va davlat muassasalarida qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish ishlari 77 foizga, tadbirkorlar binolarida 15 foizga, turar-joy binolarida 36 foizga, ko‘p qavatli uylarda 26 foizga bajarilgan.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bu yerda faqat “Yashil energiya” platformasiga kiritilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgani, barcha o‘rnatilgan panellar hisobga olinmaganini ta’kidladi.
Jo‘rabek Mirzamuhmudov (pastdan chapda).
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qqiz oy davomida 700 MVt dan ortiq quvvatga ega quyosh panellari va invertorlar import qilingan. 9213 ta ijtimoiy obyekt va davlat muassasalariga 176,7 MVt quvvatga ega quyosh batareyalari o‘rnatilgan, ya’ni ko‘rsatkichlar 80 foizga bajarilgan, 36 ming xonadonda 70,7 MVt, 11 920 ta mahalliy tadbirkorlik subyektida 140,1 MVt (32 foiz) quvvatga ega panellar o‘rnatilgan.
“Shu o‘rinda aytish kerakki, aholi va tadbirkorlar o‘rtasida o‘rnatish darajasi pastligining asosiy sababi, eng avvalo — tarif. Agar to‘qqiz oy davomida [biznesning o‘rnatish darajasi 28 foizni tashkil etgan bo‘lsa], 1-oktabrdan tariflar oshirilgandan so‘ng, oylik ko‘rsatkich 4 foizga oshdi. Ya’ni biznes uchun tariflarning oshishi muqobil energiyani joriy etishni tezlashtirdi. Va ko‘p qavatli uylarda 4,59 MVt (32%) o‘rnatildi. Bu yerda asosiy muammo, uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnomalar tuzishda muammolar bor”, — dedi Energetika vazirligi rahbari.
Jo‘rabek Mirzamaxmudov asosiy e’tibor yirik muqobil energiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilayotganini ta’kidladi — yil oxiriga qadar quvvati 1900 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari va 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov mazkur loyihani amalga oshirish boshlanishida mahalliy deputatlar tomonidan quyosh batareyalarini o‘rnatishda sun’iy to‘siqlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushganini ta’kidladi. Xususan, panellarni o‘rnatgan kompaniyalar Energetika vazirligida ro‘yxatdan o‘tishlari va reyestrga kirishlari kerak. Oqibatda ayrim tumanlar reyestrdagi korxonalari yo‘qligi sababli boshqa viloyatlar va Toshkent shahridan mutaxassislarni jalb qilishga majbur bo‘lgan.
Ismoilov xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning yo‘qligi, shuningdek, tushuntirish ishlarining yetarli emasligini ta’kidladi, chunki “ba’zi odamlar doimo tok bo‘lishi uchun panel o‘rnatishning o‘zi kifoya deb o‘ylashadi, lekin akkumulyator ham kerak bo‘ladi”.
Energetika vaziri vazrlik tomonidan kompaniyalarga nisbatan kim o‘rnatishi bo‘yicha to‘siqlar va ro‘yxatlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/15/solar-panels/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati