Yangiliklar
O‘ZBEKISTONDA ELEKTR ENERGIYASI BARQAROR TA'MINLANMOQDA
  • 29.07.2020
  • 640

   ⚡️ Avval xabar berganimizdek, joriy yil 21–24-iyul kunlari energotizimdagi barqarorlikni ta'minlash maqsadida respublikamiz iste'molchilariga o‘rtacha hisobda 0,8–1,0 foiz miqdorda cheklovlar kiritilgan edi.

   ✍️ Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

   ⏩   BUNGA ASOSAN  2 TA OMIL TA'SIR KO‘RSATDI:

 

   ❗️ 1) O‘zbekiston gidroelektrostansiyalarida rejaga nisbatan kunlik 6–7 mln. kVt•soat, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10–12 mln. kVt•soat kam elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda: http://uzbekistonmet.uz/uz/

   ❗️ 2) Mintaqada yuzaga kelgan suv tanqisligi oqibatida Tojikistondan import amaliyoti sutkalik o‘rtacha 12,0 mln.kVt•soatdan 0,3 mln kVt•soatgacha kamaydi: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

 

   ✅  KO‘RILGAN CHORALAR:

   ⚡️  Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib,  o‘rtacha hisobda 0,8–1,0 foiz miqdordagi energiya tanqisligini bartaraf etish maqsadida ko‘zda tutilgan miqdordan 10–12 % ko‘p tabiiy gaz yetkazib  berish hisobiga issiqlik elektr stansiyalarida rejaga nisbatan 8 mln. kVt•soat va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25–30 mln. kVt•soat ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

   ⚡️  Joriy yilning 25–26-iyul kunlari energetika tizimida iste'molni cheklash holatlari kuzatilmadi: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/

   ⚡️   27 iyul kuni soat 01:35 vaqti bilan 500 kVli Qorako‘l–Serdar havo tarmoqlari orqali Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi 80 MVt, so‘ngra 200 MVtga oshirildi.

   ✍️ Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

   ‼️ RASMIY BAYONOT: O‘ZBEKISTONDA ELEKTR ENERGIYASI TANQISLIGI MAVJUD EMAS

 

   ✔️ Axborot xizmati Markaziy dispetcherlik xizmati ma'lumotlariga tayanib shuni ma'lum qiladiki, ayni paytda 500 kVli Qorako‘l–Serdar hamda 110 kVli Dashovuz–Shovot havo tarmoqlari orqali Turkmanistondan O‘zbekistonga 400–430 MVt  quvvat yetkazib berilmoqda.

   ✔️ Bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi miqdoriga nisbatan, e'tibor bering,  4.0–4.5 % ni tashkil etadi. Iste'molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi mamlakatimizda mavjud issiqlik elektr hamda gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilmoqda.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

Qo‘shimcha manba: kun.uz

>