2023-yil 14-iyun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Huawei EBG Uzbekistan” (XXR) kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi korporativ yechimlar bo‘yicha prezidenti boshchiligidagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar mamlakat energetika tizimini takomillashtirish hamda Xitoy bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida elektr uzatish liniyalari boʻyicha energetika sohasini raqamlashtirishda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy yechimlarni qoʻllash boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati