“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Huawei Technologies Co. Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va istiqbolli hamkorlik aloqalarini muhokama qilish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Memorandum elektr tarmoqlari sohasidagi tajribani o‘rganish hamda tarmoq tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni anglatadi.
Ushbu strategik hamkorlik “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Huawei Technologies Co. Ltd.” kompaniyasi Huawei kompaniyasining texnik tajribasi va elektr tarmoqlari tizimlari bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlaridan foydalangan holda mamlakatimiz elektr tarmoqlari infratuzilmasini rivojlantirishni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, hamkorlik “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga eng so‘nggi texnologik yutuqlar bilan hamnafas bo‘lish imkonini beradi.
Shartnoma, shuningdek, “Huawei Technologies Co. Ltd.” energetika va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha bilim va tajribasini O‘zbekiston bilan baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi va Respublikamiz uchun tarmoq tizimlari uchun eng so‘nggi texnologiyalarni o‘rganish, aqlli tarmoqni rivojlantirish kabi hamkorlik bo‘lib har ikki tomon uchun foyda keltirishi mumkin bo‘lgan yechimlar va barqaror rivojlanishga ko‘maklashish uchun birgalikda ishlaydi.
Ushbu hamkorlik natijasida O‘zbekistonda elektr tarmoqlari infratuzilmasi sezilarli darajada o‘sib, aholini yanada ishonchli va samarali energiya bilan ta’minlashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kelishuv hamda bitimlar Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘zbek–xitoy biznes forumi dorasida amalga oshirilmoqda.
✍️ Investitsiyalar bosh boshqarmasi
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati