“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Transformasiyani amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi mutaxassisi lavozimiga suhbat orqali tanlov e’lon qiladi.
Lavozim vazifalari:
♦ “O‘zbekiston MET” AJni transformasiya qilish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish va raqamli transformatsiyani amalga oshirish;
♦ Ilg‘or xalqaro tajribalar va ichki imkoniyatlardan kelib chiqib jamiyat transformasiyasini amalga oshirish va yetakchi energetika kompaniyalari andozasi asosida Jamiyat islohotini tashkil etish;
♦ Jamiyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘rta, qisqa va uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
♦ Jamiyat faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etish;
♦ Iqtisodiy va inson resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish va boshqalar.
Kerakli ko‘nikma va malaka talablari:
♦ Oliy iqtisodiy va texnik ma’lumotga ega bo‘lishi (tugallanmagan oliy);
♦ Iqtisodiy va texnik sohalarda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
♦ Umumiy transformasiya va raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish tashabbuskorligiga va taqdimotlar o‘tkazish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
♦ Komputerda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook dasturlarini puxta bilishi, shuningdek tahliliy jadvallar va hisobotlar bilan ishlay olishi hamda xorijiy tillarni bilishi lozim.
Elektr tarmoqlari sohasi bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishlik qo‘shimcha ustunlik beradi.
Taklif etamiz:
♦ Kasbiy rivojlanish va martaba oʻsishi;
♦ Korporativ taʼlim va treninglar;
♦ Qulay mehnat sharoitlari;
♦ Zamonaviy ofis;
♦ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
♦ Inoq jamoa;
♦ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
⇒ Boshqa e’lonlar: «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida:
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.
Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Onlayn rezyume https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
QO‘SHIMCHA MA’LUMOT: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati