Tenderlar
DIQQAT, E’LON! AKKREDITATSIYADAN O‘TGAN O‘QUV MARKAZLARI DIQQATIGA!
  • 03.06.2020
  • 1213

     «O‘zbekiston MET» AJ «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

     «O‘zbekiston MET» AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ 4611-sonli «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan xodimlarni «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» talablari asosida o‘quv kursini tashkil etish va sertifikatlashga tanlov e’lon qiladi.

     Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tanlovda qatnashishga doir ma'lumotlarni quyida ko‘rsatilgan elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali olishlari zarur.

     Tanlovga taalluqli batafsil ma'lumotlarni quyida keltirilgan telefon raqami orqali olish mumkin.

     Takliflarni qabul qilish muddati 2020-yil, 1-avgust sanasigacha.

     Murojaat uchun: +998 71 236-12-90

     Elektron pochta manzili:  IFRS@uzbekistonmet.uz

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>