OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: "Qoraqalpog‘istonda suv, elektr ta’minotini yaxshilash va shu kabi loyihalar uchun 20 mlrd so‘m ajratildi"
  • 27.02.2023
  • 195

Ellikqal’a tumanida prezident qaroriga asosan ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini, elektr ta’minotini yaxshilash, transformator punktlarini ta’mirlash, temir beton tutqichlarini almashtirish hamda 4 MFY binosini yangidan qurish amalga oshiriladi.

Prezidentning 25 oktabrdagi «2022−2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan Ellikqal’a tumanida 20 milliardga yaqin summadagi loyihalar amalga oshiriladi. Bu haqida Jo‘qorg‘i Kengesning axborot xizmati ma’lum qildi.

Ellikqal’a tumanida prezident qaroriga asosan, 6 loyihada 8,9 milliard so‘mlik 33 km ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash, 3 loyiha bo‘yicha 6 milliard so‘mlik 15 km dan ziyod ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini yaxshilash 2 loyihada 900 mln so‘mlik elektr ta’minotini yaxshilash, transformator punktlarini ta’mirlash, temir beton tutqichlarini almashtirish va 4 milliard so‘mlik qiymatidagi 4 MFY binosini yangidan qurish belgilangan.

Bundan tashqari, tumandagi «Yangi bog‘» ovulidan o‘tuvchi piyodalar o‘tish ko‘prigini va «Sharq yulduzi» OFY hududidan o‘tuvchi beton ko‘prikni ta’mirlash, gaz tarmoqlarini rekonstruksiyalash ham rejaga kiritilib, tegishli moliyalar ajratilgan. Ma’lum qilinishicha, tumanda bu loyiha bo‘yicha ishlar amalga oshirilish boshlangan.

 

Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2023/02/27/ellikkala/

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>