Respublikamizning barcha hududlarida aholi xonadonlari quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalaridan keng foydalanishga o‘tmoqda.
Jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida Prezidentimizning 2022-yil 9-sentabrdagi farmoniga asosan Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan platforma ishga tushirilgan.
Ushbu platforma orqali uydan chiqmagan holda va imtiyozli narxlarda quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini imtiyozli narxlarda xarid qilish mumkin.
Xususan, ayni kunlarda Chilonzor tumani, 3-Charx Kamolon mahallasidagi 20 dan ortiq xonadon egalari onlayn platforma orqali buyurtma berib, qurilmalarni 3 yil muddatga foizsiz bo‘lib to‘lash yo‘li bilan xarid qilgan holda o‘rnatmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soatiga 1000 so‘mdan subsidiya beriladi.
Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun mablag‘lar har oy “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
Manba: https://t.me/minenergy_uz/7374
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati