Yangiliklar
XODIMLAR BILAN ISHLASH BOSHQARMASI: NOMZODLARNING MUROJAATLARI E’TIBORSIZ QOLAYOTGANI YO‘Q
  • 27.05.2020
  • 774

  Ma’lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bir nechta bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxassislarni ishga taklif etish bo‘yicha e’lon bergan edi. E’lonlar Jamiyatning uzbekistonmet.uz/uz veb-saytidan tashqari Ochiq ma'lumotlar portalining data.gov.uz/uz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi  ish.mehnat.uz hamda «Xalq so‘zi» gazetasi sahifalarida nashr etilgan edi:

  Batafsil:     uzbekistonmet.uz/oz/

  Батафсил: uzbekistonmet.uz/uz/

  Подробно: uzbekistonmet.uz/ru/

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ichki audit xizmatiga mutaxassislarni tanlov asosida taklif etgani ham shular jumlasidan:

  Batafsil:      uzbekistonmet.uz/oz/

  Батафсил:  uzbekistonmet.uz/uz/

  Подробно:  uzbekistonmet.uz/ru/

  Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda ham ishga taklif e’lonlari ko‘psonli internet foydalanuvchilar tomonidan o‘qildi.

  Batafsil:     t.me/uzmetaxborotxizmati/

  Батафсил: t.me/uzmetaxborotxizmati/

  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati shuni ma’lum qiladiki, kadr_nes@mail.ru; info@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali ishga kirishni istagan nomzodlardan kelib tushgan 70 ziyod tarjimai hollar (rezyumelar) Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan mutaxassislik bo‘yicha saralanib, tegishli boshqarma, bo‘lim va xizmatlarga yo‘naltirildi.

 

 

  Misol uchun, huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlar rezyumesi Yuridik boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganilib, nomzodlarga qo‘yilgan talablarga javob beruvchi taklif egalari bilan telefon orqali suhbatga tortilmoqda. Telefon orqali muloqot davomida nomzodning o‘z tarjimai holida ko‘rsatgan ma’lumotlari haqqoniyligi, nomzodning mutaxassis sifatidagi bilim-tajribasi, tarjimai hol to‘ldirilganidagi savodxonlik darajasi, mutaxassis sifatida muloqotdagi layoqati imkon qadar masofadan turib o‘rganilmoqda. Ular ichidan saralangan nomzodlar bevosita suhbatga chaqirilmoqda. Xuddi shu saralash jarayoni boshqa yo‘nalishlarda ham mazkur sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda. Pandemiya karantini tartib-qoidalari hisobga olinib, nomzodlarni bir joyga to‘plab, yakka yoki guruhli tartibdagi suhbatlar o‘tkazish kabi amaliyotlar vaqtincha to‘xtatilgan. Ammo, shunga qaramay, birorta murojaat egasi mutaxassislar e'tiboridan chetda qolayotgani yo‘q.

 

 

  Bir so‘z bilan aytganda, barcha o‘rganish-saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar bo‘sh ish o‘rinlariga qabul qilinmoqda. Mutaxassislar mehnat shartnomasi va lavozim yo‘riqnomasi bilan tanishtirilmoqda.

  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati uzbekistonmet.uz veb-sayti hamda t.me/uzmetaxborotxizmati telegram kanalining navbatdagi e'lonlarini kuzatib borishingizni tavsiya etadi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>