Xususan:
➖2023-yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;
➖2026-yil yakuniga qadar Angor tumanida Germaniyaning “Siemens Energy”, Fransiyaning “ЕDF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan quvvati 1560 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
➖2026-yilda Boyovut tumanida “EDF” (Fransiya), “Nebras” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan quvvati 1573 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Ma’lumot uchun: so‘nggi 4 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar asosida jami quvvati 6007 MVt bo‘lgan 9 ta issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan bitimlar imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyihlar doirasida 2022-yilda umumiy quvvati 1 374 MVt bo‘lgan 6 ta IES ishga tushirildi.
Bugungi kunda umumiy quvvati 4633 MVt bo‘lgan uchta loyiha qurilishi davom etmoqda.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
Manba: https://t.me/minenergy_uz/7314
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati