OAV va jamoatchilik bilan ishlash
yuz.uz — Sirdaryoda 356 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
  • 07.02.2023
  • 338

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Elektr energiyasini hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatish natijasida tizimga 356 mln soʻm zarar yetkazildi.

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi faoliyat yuritib kelayotgan “RS SUCCES AGRO” MCHJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu tadbirkorlik subyekti tomonidan elektr energiyasini hisoblash uskunasining ulanish sxemasiga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi aniqlanib, 791 ming kVt-soat hisobga olinmagan elektr energiyasi boʻyicha 356 mln. soʻm qayta-hisob amalga oshirildi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha qariyib 4 mingga yaqin xonadonning bir oylik elektr energiyasi isteʼmolini tashkil qiladi.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Manba: https://yuz.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>