OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: «Vazirlik va idoralarning nobyudjet mablagʻlaridan qoʻshimcha boshqaruv shtatlarni kiritish qatʼiy taqiqlanmoqda»
  • 25.01.2023
  • 294

Maʼmuriy islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi (25.01.2023-yildagi PF-14).

Farmonga muvofiq:

1. Vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan jami 17 447ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz). Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari oʻrinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar boʻshamoqda.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida:

a) shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trillion soʻm;

b) avtotransport vositalari sonini qisqartirish hisobiga (shu jumladan, yoqilgʻi-moylash, shinalarni almashtirish xarajatlari70 milliard soʻm byudjet mablagʻlari iqtisod qilinmoqda.

Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda.

Vazirlik va idoralarning nobyudjet mablagʻlaridan qoʻshimcha boshqaruv shtatlarni kiritish QATʼIY taqiqlanmoqda.

2. Har bir vazirlik va idora oʻz faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirish maqsadida 16ta yoʻnalish boʻyicha aniq takliflarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati loyihasini kiritadi. Unda, shu jumladan quyidagi masalalar boʻyicha manzilli chora-tadbirlar belgilanadi:

a) sohalarda hal qilinishi lozim boʻlgan masalalarga yechim topishga yoʻnaltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish;

b) byudjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish;

v) tegishli sohalarda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, 2023-yildan boshlab vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish;

g) tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat koʻrsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qoʻllab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;

d) vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini oʻrganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qoʻyish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish;

ye) sohaga AKTni keng joriy etish, shu jumladan vazirlik va idoralarning ish jarayonini raqamlashtirish;

j) energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish.

 

3. Vazirlik va idoralarning yagona roʻyxati tasdiqlanmoqda.

Hukumatga boʻysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:

a) vazirliklar – 21 ta;

b) qoʻmitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;

v) agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;

g) inspeksiyalar – 11 ta.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning oʻzbek va rus tillaridagi qisqartma nomlari tasdiqlanib, ularni yigʻilish va videoselektor bayonlarixizmat yozishmalaritahliliy materiallarda koʻrsatish mumkin boʻladi.

4. Vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalarini shakllantirish boʻyicha yagona talablar tasdiqlanmoqda. Endilikda:

4.1) vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida:

a) tarkibiy boʻlinmalar faqat 4 ta shakldan iborat boʻladi (departament 20+; boshqarma 7-19; boʻlim 2-6; mutaxassislar 1). Bunda, vazirliklar huzuridagi qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarda departament shaklida tarkibiy tuzilma tashkil qilinmaydi.

Amalda10 tadan ziyod shakllari mavjud (departament, bosh boshqarma, boshqarma, boʻlim, shoʻba, xizmat, byuro, guruh va boshqalar);

b) rahbar xodimlar (rahbar, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, yordamchisi, departament, boshqarma, boʻlim boshliqlari va oʻrinbosarlari) va ijrochilar (mutaxassislarnisbati markaziy apparat boʻyicha kamida 1/3 nisbatda (33/67 foiz) boʻladi.

Amalda: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatida rahbar va ijrochi xodimlar nisbati 44/56 foizni yoki Energetika vazirligida 41/59 foizni tashkil qilmoqda;

v) vazirlarga ularning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yoʻnaltirish, kunlik ishlar boʻyicha ish yuklamasini kamaytirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil jihatdan taʼminlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilishga huquq berilmoqda;

g) strategik rejalashtirish, axborot xizmati, kadrlar, axborot tahlil, ijro nazorati, murojaatlar, AKT, yuridik taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliya-iqtisod, xalqaro aloqalar, birinchi boʻlim tarkibiy boʻlinmalari tashkil etilishi majburiy etib belgilanmoqda.

Bunda, strategik rejalashtirish, axborot xizmati, korrupsiyaga qarshi kurashish va xalqaro aloqalar boʻlinmalari faqatgina vazirlik va mustaqil maqomga ega boʻlgan idorada tashkil qilinib, ushbu yoʻnalishlarda ular YAGONA SIYOSATNI amalga oshiradi;

4.2) vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalarida:

a) tarkibiy boʻlinmalar faqat 3 ta shakldan iborat boʻladi (boʻlim 5+; shoʻba 2-4; mutaxassislar 1);

b) rahbar xodimlar (boshqarma, boʻlim hamda shoʻba boshliqlari va oʻrinbosarlari) va ijrochilar nisbati boʻlinma boʻyicha kamida 1/3 nisbatda (33/67 foiz) boʻladi.

Amalda: Madaniyat vazirligining tuman (shahar) boʻlinmalarida rahbar va ijrochi xodimlar nisbati 63/37 foizni tashkil qilmoqda.

5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan:

a) yuridik maqomga ega boʻlgan jamgʻarmalar ijro etuvchi organlarining (direksiyalar, qoʻmitalar, departamentlar) faoliyatini tugatish, ularning funksiyalarini tegishli vazirlik
va idoralarga oʻtkazish;

b) vazirlik va idoralarda xizmat avtotransportidan foydalanish tizimini autsorsing asosida tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritiladi.

 

Manba: https://yuz.uz/uz/news/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>