Bo'sh ish o'rinlari
DIQQAT, E'LON! ISHGA QABUL QILAMIZ!
  • 10.02.2021
  • 7194

O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali  

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:

1. Ichki audit xizmati boshlig`i — oliy ma’lumotli, ish tajribasiga ega;

2. Huquqshunos — oliy ma’lumotli, ish tajribasiga ega;

3. Bosh buxgalter o‘rinbosari — oliy ma’lumotli, ish tajribasiga ega, energiya tizimida kamida 5 yil ish tajribasi;

4. Milliy dispetcherlik markazi boshlig‘i o‘rinbosari — oliy ma’lumotli;

5. Milliy dispetcherlik xizmati muhandisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

6. Markaziy rele himoyasi va elektr avtomatikasi xizmati yetakchi muhandisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

7. Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig`i — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

8. Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

9. Moliyaviy boshqaruv, biznes etika va shaffoflik bo`limi 1-toifali mutaxassisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;

10. Loyihalarni amalga oshirish guruhi rahbari  — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega, ingliz tilini bilish;

11. Loyihalarni amalga oshirish guruhiga moliya masalalari bo`yicha iqtisodchi — oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega.

Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi ma'lumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.

YARATILGAN SHAROITLAR:

● O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

● Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

● Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6831; 71-208-5674.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@mail.ru; info@uzbekistonmet.uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmat

Kanalga a’zo bo‘ling!  t.me/uzmetaxborotxizmati

>