Yangiliklar
AFG‘ONISTONNING «DABS» SHIRKATI ELEKTR ENERGIYASI IMPORT AMALIYOTINI TIKLADI
  • 30.04.2020
  • 742

  Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-aprel kuni soat 21:10 atrofida Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidagi «Puli Xumri» va «Chimtala» podstansiyalari oralig‘idagi 220 kVli 255- va 256-raqamli havo tarmoqlarining 562-sonli tayanch ustuniga harbiy harakatlar tufayli zarar yetishi oqibatida Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish amaliyoti 280 MVtdan «nol» qiymatga kamaygan edi.

 Батафсил: uzbekistonmet.uz/uz/

 Batafsil:     uzbekistonmet.uz/oz/

 Kecha, 29-aprel kuni soat 15:30 da Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidagi «Puli Xumri» va «Chimtala» podstansiyalari oralig‘idagi 562-sonli tayanch ustuni soz holatga keltirilib, O‘zbekistondan olinadigan elektr energiyasi import amaliyoti tiklandi.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, kecha Afg‘oniston Islom Respublikasiga elektr energiyasi eksport amaliyotining sutkalik hajmi 4,4 mln kVt·soatni tashkil etgan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>