Bo'sh ish o'rinlari
Diqqat, e'lon! «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ichki audit xizmatiga mutaxassislarni tanlov asosida taklif etadi!
  • 28.04.2020
  • 1232

 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • auditorning ma'lumotnomasi (rezume);

  • auditorning pasport va diplom nusxalari;

  • auditorlik sertifikati (mavjud bo‘lsa) va ichki auditorlik guvohnomasining nusxasi;

  • tanlov uchun zarur bo‘lgan boshqa  hujjatlar.

Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • Oliy ma'lumot, iqtisod-moliya yo‘nalishi;

  • Buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati bo‘yicha so‘nggi o‘n yil ichida kamida besh yillik ish tajribasi;

  • Energetika sohasi to‘g‘risida yetarli darajada ma'lumotga ega bo‘lishi;

  • Ixtisoslashgan auditorlik ko‘nikmalarini bilish va ularni qo‘llay olish qobiliyati, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini bilish.

  Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020-yil 27-maygacha qabul qilinadi.

  Tanlovga oid hujjatlar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga pochta orqali yuborilishi yoki Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy manziliga yetkazilib berilishi lozim.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun: 71-208-56-34.

Veb-sayt:  www.uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz

>