Yangiliklar
AFG‘ONISTONNING «DABS» SHIRKATIGA QARASHLI TAYANCH USTUNIGA ZARAR YETKAZILGANI TUFAYLI ELEKTR ENERGIYASI EKSPORTIDA UZILISHLAR SODIR BO‘LDI
  • 27.04.2020
  • 739

  Xabaringiz bor, yaqinda Afg‘oniston Islom Respublikasining «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) kompaniyaning 2020-yil mart oyida yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ oldida shartnomaviy qarzi mavjudligi, ushbu munosabat bilan «DABS» shirkati nomiga rasmiy murojaat yuborilgani haqida xabar bergan edik.

Afg'oniston Islom Respublikasi hududidagi "Puli Xumri" va "Chimtala" podstansiyalari oralig'idagi 220 kVli 255 - va 256-raqamli havo tarmoqlarining 562-sonli tayanch ustuni

  Батафсил: uzbekistonmet.uz/uz

  Batafsil:      uzbekistonmet.uz/oz 

  Podrobno:  uzbekistonmet.uz/ru

  Kecha, 2020-yil 26-aprel kuni soat 21:10 atrofida Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidagi «Puli Xumri» va «Chimtala» podstansiyalari oralig‘idagi 220 kVli 255- va 256-raqamli havo tarmoqlarining 562-sonli tayanch ustuniga harbiy harakatlar tufayli zarar yetishi oqibatida Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish amaliyoti 280 MVtdan «nol» qiymatga kamaydi.

  Afg‘onistonlik energetiklarning olib borgan sa'y-harakatlari natijasida bugun «Naibobod» podstansiyasi iste'molchilariga o‘rtacha 40 MVtgacha elektr energiyasi yetkazib berish amaliyoti tiklandi.

  Hozirgi kunda, «DABS» shirkati taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, zarar yetgan elektr tarmog‘ida ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Ushbu amaliyotlar bir necha kun davom etishi mumkinligi ma'lum qilingan.

  Yuzaga kelgan nosozlik oqibatida Afg‘oniston Islom Respublikasi iste'molchilariga elektr energiya yetkazib berish sutkasiga 3,5 mln. kVt•s atrofida kamayishi kutilmoqda.

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ ga "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasidan taqdim etilgan suratlardan foydalanildi

  Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumatlararo kelishuvga asosan «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari 2019-yil 25-dekabrda imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

  Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan hududiy elektr korxonalariga transportirovka qilish, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi. Jamiyatning eksport amaliyotlaridan tashqari elektr energiyasi importi yuzasidan to‘lov majburiyatlari ham mavjud.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>