Yangiliklar
«FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI JAMOASINING MEHNAT FAOLIYATIGA BIR NAZAR
  • 27.04.2020
  • 799

   Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 8-aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbayi bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda qishloq xo‘jaligi sektori, aholining shaxsiy tomorqalari, shuningdek davlat va xo‘jalik organlari tasarrufidagi turli yo‘nalishdagi obyektlarda mavjud ekin maydonlari hamda bog‘dorchilik yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan edi.

  Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 14-aprel kuni qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ham hozirgi global inqiroz va pandemiya sharoitida aholi bandligi va daromadini ta'minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlash har bir xo‘jalik yurituvchi tashkilot va korxonalarning zimmasidagi vazifalardan biri ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining ko‘rsatmasiga binoan barcha yuqori kuchlanishli podstansiyalar, ijtimoiy soha obyektlari hamda Jamiyat tasarrufidagi turli maqsadlarda foydalaniladigan yer maydonlarida ko‘kalamzorlashtirish, gulzor va bog‘lar yaratish, mavjud bino-inshootlarning estetik qiyofasini tubdan yaxshilash, elektr jihozlari va uskunalarini korroziyadan asrash uchun ta'mirlash va bo‘yoq tortish ishlari boshlab yuborilgan edi.

Joriy yilning 14–15-mart kunlarida o‘tkazilgan umumxalq hashari paytida boshlangan ishlar ayni kunlarda nihoyasiga yetkazilmoqda.

  Batafsil: uzbekistonmet.uz/uz

  Batafsil: uzbekistonmet.uz/oz

  Misol uchun, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali ishchi-xodimlari jamoasi elektr qurilmalarida mukammal va joriy ta'mir ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini ta'minlash, avariyali holatlarni oldini olishga qaratilgan amaliyotlarni o‘z vaqtida ado etish bilan birga filial tasarrufidagi mavjud yer maydonlaridan ham unumli foydalanish bo‘yicha zarur ishlarni olib bormoqda.

  Albatta, energetiklar, eng avvalo, pandemiya sharoitida aholini sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta'minlash, uning ishonchliligini oshirish bo‘yicha tunu kun mehnat qilishdi va o‘z kasbiy faoliyatlarini davom ettirib kelmoqdalar. Oila davrasidagi dam olish kunlarida esa o‘zlarining yashash xonadonlaridagi tomorqalaridan unumli foydalanish maqsadida foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Shu bilan birga, filial obyektlarida ham ekin ekish imkoniyati mavjud bo‘lgan yer maydonlariga, poliz va boshqa turdagi oziq-ovqat ekinlarini ekish hamda parvarishlash ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

  Mavjud 6 nomdagi podstansiya va avtogaraj joylashgan hududdagi obodonchilikka ajratilgan yer maydonlarida pomidor, bulg‘or qalampiri, achchiq qalampir, karam, baqlajon, mosh, loviya, oshjo‘xori, makkajo‘xori, oshqovoq, kartoshka kabi ekinlar ekildi.

  Bu bilan filial jamoasi bugungi kunda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va bozorlardagi narx-navoning barqaror bo‘lishligini ta'minlashga qaratilgan davlat dasturiga ma'lum ma'nodagi o‘z hissalarini qo‘shishdi, desak yanglishmaymiz.

  Energetiklarning yerga ishlov berishdagi hamjihati mehnatlari hamkasblar o‘rtasida o‘zaro hurmat va ahillikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

  MA'LUMOT O‘RNIDA: ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi mavjud 6 nomdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari podstansiyalarining 3 tasida «Jahon Banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida ma'nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy va yangi elektr qurilmalariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>