Yangiliklar
O‘zbekistonda 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun investorlar tanloviga takliflar qabul qilindi
  • 15.11.2022
  • 441

O‘zbekistonda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ishlatish uchun mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar (xususiy investorlar)ni tanlash bo‘yicha eʼlon qilingan Takliflar so‘roviga (RFP) javoban 4 ta kompaniya va konsortsiumdan takliflar kelib tushdi.

Buxoro viloyatida 250 MVt, Namangan viloyatida 150 MV va Xorazm viloyatida 100 MVt quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha takliflar olindi. G‘olib bo‘lgan investor quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, ishlatish, saqlash va shartnoma muddati oxirida stansiyani topshirish yoki buzib berishni amalga oshiradi.

Buxoro viloyatidagi loyiha uchun tanlov ishtirokchilari 63 MVtdan jami 125 MVt.soat elektr energiyasi beroladigan kimyoviy energiya saqlash akkumulyator tizimini (BESS) qurish bo‘yicha ham o‘z takliflarini taqdim etishgan.

Tenderning ikkinchi bosqichi shunday tuzilganki, eng yirik loyiha g‘olibi (Buxoro viloyatida 250 MVt) Namangan va Xorazm viloyatlaridagi qolgan ikkita loyiha bo‘yicha tenderda qatnasha olmaydi va huddi shunday, Namangandagi loyiha g‘olibi Xorazmdagi loyiha tenderida ishtirok etolmaydi. Tendering birinchi bosqichida belgilangan kompaniyalar ularning texnik, moliyaviy va tajribalarga qarab kompaniyalar tanlangan va shu talablariga qarab ular loyihalarda tenderda ishtirok etishga ruxsat olishgan. Ya’ni ayrim yirik kompaniyalar uchchala loyiha tenderlarida qantasha olishadi. O‘rtacha deb topilgan kompaniyalar faqat o’rta va kichik loyiha tenderida ishtirok eta oladi, lekin Buxoro viloyatidagi yirik stansiyasi loyihasi uchun tenderda ishtirok etaolmaydi. Tajribasi, texnik va moliyaviy imkoni kamroq kompaniyalar faqat Xorazmdagi loyiha tenderida ishtiroq etadi.

Tenderda taklif topshirgan kompaniya va konsortsiumlar (alifbo tartibida):

1. Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (BAA) – yirik ishtirokchi – barcha 3 ta loyiha uchun taklif bergan.

2. Alarko Holding AS (Turkiya) – o‘rta ishtirokchi – faqat Namangan va Xorazm viloyatlaridagi loyihalar uchun.

3. Konsortsium: GD Power (Xitoy) va Powerchina (Xitoy) – yirik ishtirokchi – barcha 3 ta loyiha uchun taklif bergan.

4. Voltalia SA (Fransiya) – kichik ishtirokchi – faqat Xorazm viloyatidagi loyiha uchun taklif bergan.

Takliflarning texnik va tijorat qismi baholangandan so‘ng, Tender komissiyasi ishtirokchilarni ularning moliyaviy takliflarini ochish marosimiga taklif qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2263

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>