Yangiliklar
Jizzax viloyati aholisi, ijtimoiy soha obyektlari va sanoat korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchlilik darajasi oshirilmoqda
  • 17.03.2020
  • 1418

  Avval xabar berganimizdek, 2019-yilning sentabr-noyabr oylarida Jizzax viloyatida istiqomat qilayotgan aholi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obyektlarini muntazam va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 220/110/10 kVli «Jizzax» podstansiyasida 125 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 200 MVAli AT-1 va AT-2 avtotransformatorlari ishga tushirilgan edi.

Манба: uzbekistonmet.uz/uz

Manba: uzbekistonmet.uz/oz

  Barchamizga ma'lumki, Jizzax viloyatida ham mamlakatimizning boshqa hududlaridagi kabi yirik sanoat korxonalari, xususiy ishlab chiqarish korxonalarining soni va salmog‘i yil sayin oshib bormoqda. Aholining turmush darajasi oshib borgani sari yangi va zamonaviy ijtimoiy soha obyektlari ham foydalanishga topshirilmoqda.

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filialining mutasaddi xodimlari viloyat aholisi, ijtimoiy soha va sanoat korxonalarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotganini hisobga olib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi podstansiyalarda modernizatsiya dasturiga muvofiq jismonan va ma'nan eskirgan elektr uskuna-jihozlarini zamonaviy va yuqori quvvatli uskunalarga almashtirish ishlarini olib borishmoqda.

  Misol uchun, ayni paytda Jizzax viloyatidagi 220/110/10 kVli «Saribozor» podstansiyasida mavjud 2 dona 63 MVA AT-1 va AT-2 avtotransformatorlarni 125 MVAli avtotransformatorlarga almashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi bosqichda 63 MVAli AT-2 avtotransformatori 125 MVAli avtotransformatorga 2019-yilning 30-dekabrida almashtirilgan edi.

  Ushbu loyihaning ikkinchi bosqichi — 63 MVA li AT-1 avtotransformator 125 MVAli avtotransformatorga almashtirildi va joriy yilning 13 mart kuni ishga tushirildi.

  Ma'lumot o‘rnida: ushbu amaliyotlar natijasida Jizzax viloyatining barcha elektr energiya iste'molchilari hamda viloyatda joylashgan ayrim yirik ishlab chiqarish korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchlilik darajasi birmuncha oshirildi.

G‘ayrat Axmedov,  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>