OAV va jamoatchilik bilan ishlash
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI AXBOROT XIZMATINING 2020-YIL YANVAR OYI HISOBOTI
  • 05.02.2020
  • 903

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati (matbuot kotibi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan asosiy vazifalar, neft-gaz va elektr energetika korxonalarini barqaror ishlashini ta'minlash hamda 2020-yil yanvar oyi prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 4-sonli bayoni 9-bandida keltirilgan vazifalar yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot taqdim etmoqda.

  Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sahifasi, ijtimoiy tarmoqlaridagi (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) sahifalari orqali nafaqat sohaga, balki Respublikamizda olib borilayotgan barcha jabhalarga taalluqli islohotlar to‘g‘risida ma'lumotlar berib borilmoqda; Jamiyat tasarrufidagi kutubxonada 40 mingga yaqin turli janrdagi adabiyotlar mavjud; Jamiyat ma'muriyati mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-ijtimoiy hamda iqtisodiy islohotlar va yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun 15 turdagi yetakchi gazeta-jurnallarga obuna bo‘lgan.

  1. «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati faoliyatining 2019-yilgi faoliyati sarhisob qilinib, (bajarilgan ishlar, e'lon qilingan maqolalar, murojaatlarga bildirilgan munosabatlar hamda javob xatlari, erishilgan natijalar haqida qisqacha ma'lumot berish, hisobot shaklidagi sarhisob ma'lumotlarini foto-videolavhalar shaklida tashkilot veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida yoritish va boshqa vazifalar), media-makonda e'lon qilindi.

Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: telegra.ph

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019-yil 30-dekabr kuni o‘tkazilgan majlisda belgilab berilgan vazifalar, xususan davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ma'ruzasida «2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi» deya ta'kidlangan fikrlar negizida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati boshchiligida Jamiyat tasarrufidagi barcha tashkilotlarda 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar ro‘yxati shakllantirildi, Jamiyat boshqaruv apparati hamda tasarrufidagi tashkilotlarda boshlang‘ich yoshlar tashkilotlari tuzildi, yoshlar orasidan tashabbuskor, jamoatchi va davlatimiz rahbarining yoshlarga oid davlat siyosatini to‘g‘ri anglagan yetakchilar saylandi, ushbu vazifalarni bajarish maqsadida matbuot kotibi ishtirokida bir nechta uchrashuvlar, davra suhbatlari, turli mavzularda mahorat darslari, psixologik test-treninglar hamda videomuloqotlar o‘tkazildi.

 Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ссылка: uzbekistonmet.uz
Link: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: telegra.ph

Ma'lumot o‘rnida: ayni paytda Jamiyat xodimlarining soni 4433 bo‘lib, ulardan 23,4%, ya'ni 1035 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar tashkil etadi.

  3. Jamiyatning Axborot xizmati ishtirokida yosh muhandislardan iborat xodimlar guruhi bilan xizmat ko‘rsatish ob'ektlariga sayohat-ekskursiya uyushtirishdi. Joriy yil 25-yanvar kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yurituvchi yosh muhandislar hamda tashkilotda ijtimoiy-iqtisodiy, transport, aloqa va xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi, ya'ni bevosita yuqori kuchlanishli podstansiyalar ish faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lmagan xodimlardan iborat guruh Jamiyatda tasarrufidagi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali  tarkibidagi «Qo‘yliq» podstansiyasiga tashrif buyurishdi.

Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati/

  Ma'lumot o‘rnida: «2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da yosh mutaxassislarga, energetika sohasi yosh muhandislarining ham kasbiy, ham ma'naviy-ma'rifiy kamolotiga alohida e'tibor berib kelmoqda. Bu, o‘z navbatida, soha vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishga xizmat qilib, yosh kadrlarga e'tiborni kuchaytirgan holda faoliyatning umumiy sifati hamda natijadorligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

  4. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati devonxonasida qayd etilib, ma'muriyat ko‘rsatmasiga binoan Axborot xizmatiga yo‘naltirilgan 12 ta rasmiy murojaatnoma mazmunida yuqori tashkilotlar tomonidan qo‘yilgan topshiriqlar bajarildi, qilingan ishlar hisoboti javob xati shaklida murojaat kelgan manzilga yuborildi.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 13-yanvar kuni elektr energetikasi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2020-yilgi asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar, ularning mazmun-mohiyati haqida Jamiyat markaziy apparati hamda hududiy filiallarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Jamiyat boshqaruv raisi tomonidan berilgan topshiriqlar asosida ishchi-xodimlarga ma'lumotlar taqdim etildi.

Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ссылка: uzbekistonmet.uz
Link: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati

  6. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali tomonidan 2020-yil 27-yanvar kuni yuborilgan 01-15-200-sonli murojaatga binoan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati Jamiyatning 2 nafar xodimlari hamrohligida «SHARH+» ko‘rsatuvining suratga olish jarayonida ishtirok etdi.

  7. Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan «2019-YIL SARHISOBI» rukni orqali Jamiyat tasarrufidagi 20 ga yaqin boshqarma, bo‘lim, xizmat va filiallar tomonidan 2019-yilda bajarilgan ishlar, 2020-yilning istiqbolli rejalari haqida hisobotlar e'lon qilindi.

 Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ссылка: telegra.ph
Ссылка: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ссылка: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Ссылка: uzbekistonmet.uz
Ссылка: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ссылка: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz

  8. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz saytida Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan «MUROJAATLAR» rukni orqali Jamiyatga fuqarolardan kelgan turli mazmundagi 10 ga yaqin murojaatlarga tegishli tartibda munosabatlar bildirilib, javoblar mazmuni veb-sayt hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e'lon qilindi.

Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz 
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz 
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz 
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz 
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz 

  9. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatida jamoatchilikka e'lon qilinishi lozim bo‘lgan muhim xabar va e'lonlar muntazam ravishda uzbekistonmet.uz sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e'lon qilinib borilmoqda.

Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: t.me/uzmetaxborotxizmati
Ҳаволаси: telegra.ph
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz
Ҳаволаси: uzbekistonmet.uz
Havolasi: uzbekistonmet.uz

  10. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati uchun maxsus ochilgan UzbekistonMET@exat.uz elektron pochtasi orqali O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Monitoring markazidan yuborilgan 77 ta elektron fayldagi 3 mingdan ziyod maqolalar tahlil qilinib, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqlilariga munosabat bildirgan holda javob xatlari yuborildi.

U.P.Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

>