Yoshlar siyosati
YOSH ENERGETIKLAR BOSHLANG‘ICH TASHKILOT TUZIB, O‘Z YETAKCHILARINI SAYLAB OLISHMOQDA
  • 22.01.2020
  • 881

Tibbiy-sanitariya qismi yoshlari o'z yetakchilarini ovoz berish yo'li bilan saylashdi

     Ko‘pchilikka ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, Vatanimiz yoshlariga murojaatida «2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi», deya ta'kidlagan edi.

     So‘nggi yillarda o‘sib kelayotgan barkamol avlodga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi tuzildi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30 iyun «Yoshlar kuni» deb e'lon qilindi. Hozirda Ittifoqning 7,5 million nafardan ziyod a'zolari mavjud.

     Shuni alohida ta'kidlash lozimki, joylarda 8 nafar yosh avlod vakillari hokim o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019-yil so‘nggida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit-qiz saylangani, mahalliy kengashlarda g‘alaba qozonganlarning qariyb 10 foizini yoshlar tashkil etishi tahsinga loyiq.

     Avval xabar berganimizdek, 2020-yil 6-yanvar kuni «O‘zbekiston MET» AJ majlislar zalida Jamiyat yoshlari bilan davra suhbati o‘tkazilib, unda Jamiyat a'zolaridan iborat Yoshlar Ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti tuzilgan edi.  Uchrashuvda «O‘zbekiston MET» AJ yoshlar tashkilotining yetakchisi vazifasiga Jamiyat xodimi, investitsion loyihalar muhandisi Azizbek Botirov saylandi, so‘ngra yoshlarning ushbu tanlovi Jamiyat ma'muriyati tomonidan buyruq orqali tasdiqlangan edi.

"O'zbekiston MET" AJ yoshlar tashkilotining yetakchisi jamiyat tasarrufidagi filial va tuzilmalarda saylangan yoshlar liderlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi

     Qo‘shimcha manba:  uzbekistonmet.uz

    Ayni kunlarda Jamiyat yoshlari yetakchisining tashabbusi bilan Jamiyat tarkibidagi filiallar hamda yordamchi tashkilotlarda Yoshlar Ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti tuzilib, jamoat tashkiloti yetakchilari saylanmoqda.

     Kecha, 21-yanvar kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali hamda Tibbiy-sanitariya qismida yoshlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar kengashi, Mirobod tumani raisi o‘rinbosari Mahmudov Ahror Rahmatovich ishtirok etdi.

"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialida bo'lib o'tgan uchrashuv lavhalari

     Davra suhbati davomida bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ya'ni Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, alohida e'tibor, turli imtiyoz va yengilliklar orqali ularni qo‘llab-quvvatlashdan ko‘zlangan maqsadlar haqida umumiy ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashildi.

    Shuningdek, bugungi kun yoshlar orasidagi «ommaviy madaniyat» unsurlariga qarshi kurash, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish, ilm-fan, innovatsion g‘oyalar, diniy ta'lim, ichki turizm, malaka oshirish, yoshlar orasida kitobxonlik, sport musobaqalarini keng targ‘ib qilish masalalari muhokama etildi.

     Davra suhbati davomida «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali hamda Tibbiy-sanitariya qismida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlaridan iborat Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari tuzilib, saylash yo‘li bilan uning yetakchilari saylab olindi. Jamoat tashkilotining maqsad va vazifalari belgilab berildi.

    Masalan, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti sardori vazifasiga Kosbergenov Asilbek Jo‘sipboy o‘g‘li nomzodi ma'qul ko‘rildi. Tibbiy-sanitariya qismi yoshlar lideri etib yosh shifokor Mirzahmedova Lobar Tohir qizi saylandi.

    Uchrashuv so‘nggida yoshlar o‘z tashabbuslari orqali «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi dam olish maskanlari va sport-sog‘lomlashtirish muasasalarida «ekoxashar» uyushtirib, so‘ng yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazishga kelishib olishdi. Bundan tashqari, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 2020-yil aprel-may oylarida Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarga sayohat uyushtirish niyatida ekanliklarini ma'lum qilishdi.

     Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida ham 4 mingdan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qiladilar. Ularning 1035 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar (207 nafar qizlar va 828 nafar yigitlar) tashkil etadi.

Jamiyat ma'muriyati yosh kadrlar malakasini oshirish masalasiga alohida e'tibor bilan yondoshmoqda

     QO‘SHIMCHA MA'LUMOT: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining quyidagi veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga  OBUNA BO‘LISHni unutmang!

     1. Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz

     2. Telegram: t.me/uzmetaxborotxizmati

     3. Facebook: facebook

     4. Twitter: twitter

     5. Instagram: instagram

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga obuna bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>