Yangiliklar
ANDIJON VILOYATIDAGI «YULDUZ» PODSTANSIYASINING IKKINCHI AVTOTRANSFORMATORINI YUQORI QUVVATLISIGA ALMASHTIRISH AMALIYOTI YAKUNLANDI
  • 27.01.2020
  • 888

  Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyatining Andijon tumanidagi «Ayrilish» MFY hududida joylashgan «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali  tasaruffidagi 220 kV li «Yulduz» podstansiyasida mavjud 2 dona 125 MVA quvvatli avtotransformatorlarni «Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» nomli investitsiya loyihasi doirasida quvvati 200 MVAli yangi, zamonaviy avtotransformatorga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

  Nisbatan kam quvvatli elektr uskuna-jihozining birinchisi  2019-yilning 20-noyabrdan 27-noyabrgacha almashtirilib, Farg‘ona vodiysi aholisi, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiya bilan ta'minlashning ishonchliligi qo‘shimcha 75 MVA quvvatga oshirilgan edi.

  220 kVli «Yulduz» (220/110/10 kV) podstansiyasida AT-1-125 MVA quvvatga ega avtotransformatorni 200 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirish 2020-yil 17-27-yanvar kunlari rejalashtirilgan bo‘lib, amaliyot 25-yanvar kuni muvaffaqiyatli yakunlandi.

  Kecha, 26-yanvar kuni yangi hamda zamonaviy ikkinchi avtotrasformatorga yuklama berilib, 72 soat davom etadigan sinov rejimiga qo‘yildi. Bu Andijon viloyatining «Yulduz» podstansiyasi quvvati qo‘shimcha 150 MVAga oshirilib, podstansiya umumiy hisobda 400 MVA quvvatga ega bo‘ldi degani.

  Ma'lumot o‘rnida: elektr energetikasi iqtisodiy o‘sishning barqarorligini va aholi farovonligini ta'minlaydigan muhim manba hisoblanishi, tarmoqni modernizatsiya qilish, energiya quvvatlarini ko‘paytirish hamda iste'molchilarga uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha sohada olib borilayotgan ishlar haqida quyidagi ma'lumotlar (videolavha) orqali kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

  O‘zbek tili (kirill alifbosida): uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/206

  O‘zbek tili (lotin alifbosida): uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/206

  Rus tilida: uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/206

  Ingliz tilida: uzbekistonmet.uz/en/lists/view/206

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling!  t.me/uzmetaxborotxizmati

>