Murojaat egasi: Muxtorov Sobit Abduaxatovich
Elektron pochta: msobit@list.ru
Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Men kichik shamol yoki quyosh elektr generatorlarini o‘rnatib elektr toki olsam va o‘zimdan ortgan tokni davlatga qanday tartib va narxda sotaman? Iltimos, batafsil tushuncha bersangiz. Bu bo‘yicha qandaydir imtiyoz va qarorlar bormi?»
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Sobit Abduaxatovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.
Savolingizga javob o‘rnida Energetika vazirligi Matbuot xizmati tomonidan shu kabi savollarga berilgan matnli hamda video shaklidagi javobga havola ko‘rsatamiz.
Rasmiy veb-sayt va telegram axborot platformasida e'lon qilingan tushuntirishlarda qo‘yidagicha javob berilgan:
Savol: Men xonadonimga quyosh panellari yoki quyosh suv isitkichlarini sotib olmoqchiman, lekin bunga mablag‘im yetarli emas. Ushbu qurilmalarni imtiyozli shartlarda kreditga sotib olish imkoni bormi?
Javob: Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi va “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida Jamg‘arma mablag‘laridan foydalangan holda jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektr stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar hamda qozonlarni sotib olish uchun iste'mol kreditlari ajratish bo‘yicha Bosh kelishuv imzolangan.
Ushbu maqsadlar uchun iste'mol kreditlari “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobarigacha (hozirgi kunda 135 mln so‘mgacha), 5 yil muddatga, kredit foizi Markaziy bank tomonidan belgilangan asosiy stavka miqdorida (yillik 14 %ga) ajratiladi.
Kredit olish uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining istalgan bo‘limiga murojaat etishingiz mumkin.
Manba: Energetika vazirligi Matbuot-shtabi: Quyosh panellari va quyosh suv isitkichlarini sotib olish uchun imtiyozlar mavjud
https://minenergy.uz/uz/news/view/1653
Источник: Пресс-штаб Министерства энергетики отвечает
https://minenergy.uz/ru/news/view/1653
Video: https://t.me/minenergy_uz/4201
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati