Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Tumanimiz hududiy elektr tarmoqlari tashkilotiga murojaat qilsak, bizning qo‘limizda emas, “milliy elektr tarmoqlari tomonidan o‘chiriladi”, deb javob qaytarishadi»
  • 03.02.2022
  • 327

Murojaat egasi: Nurmurodov Doston Jamol o‘g‘li

Elektron pochta: dossebek11@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Men Samarqand viloyati, Narpay tumani, Nogoraxona mahallasi, Birodarlik ko‘chasi 2-uydan murojaat qilmoqdaman. Bizning mahallamizda elektr energiyasi doimiy tarzda uzilib turadi... Tumanimiz hududiy elektr tarmoqlari tashkilotiga murojaat qilsak, bizning qo‘limizda emas, “milliy elektr tarmoqlari tomonidan o‘chiriladi”, deb javob qaytarishadi. Bu holat qish mavsumi boshlangandan beri takrorlanmoqda. Prezident portaligacha chiqdim, foydasi bo‘lmadi. Faqat bir xil javob. Bizning tarmoq “110 liniya” deb atalar ekan. Iltimos, qo‘lingizdan kelsa, yordam qiling! Hech bo‘lmasa, kechqurun soat 9:00 dan ertalab 9:00 gacha uzluksiz yetkazib berilsa yaxshi bo‘lardi. Xonadonlarni isitish asosan elektr asboblari bilan. Agar, oddiy o‘ylab qaralsa, elektr asboblari o‘chib yonganda ko‘p elektr sarflaydi, o‘chirib yoqishdan nima naf? Baribir shu sarf bo‘ladi-ku. Zero, sizlarga murojaatimdan foyda bo‘lsa... Oldindan rahmat.»

Murojaatga javob: Assalomu alaykum! Hurmatli fuqaro Doston Jamol o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala ma'lumot o‘rnida Energetika vazirligi matbuot xizmati, shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi, bundan tashqari, turdosh tashkilotlar — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, «O‘zbekgidroenergo» AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatiga yo‘naltirildi.

Ma'lumot o‘rnida: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning vakolatiga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati, ya'ni  Yagona elektr energetika tizimining Tizim operatori tarkibida, elektr energetika tarmog‘idagi yirik avariyalarning oldini olish, elektr  energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol qilish  mutanosibligini  ta'minlashni amalga oshiruvchi Milliy dispetcherlik markazi mavjud.

Milliy dispetcherlik markazi tomonidan rejimni saqlash, ya'ni avariya rejimini bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda boshqa turdosh tashkilotlar dispetcherlariga elektr ta'minotiga zarur miqdorlarda cheklovlar kiritish, yoki aksincha, generatsiya quvvatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilishi O‘zbekiston Respublikasi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi Qonunining (Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma'qullangan) https://lex.uz/docs/1521177 23-moddasiga asoslanib amalga oshiriladi.   

23-modda. Avariya rejimini bartaraf etish

Avariya rejimini bartaraf etishda tizim operatori yagona elektr energetikasi tizimida mavjud bo‘lgan barcha zaxira quvvatlarni jalb etish, shuningdek elektr energiyasi iste'moliga cheklovlar joriy etish huquqiga ega.

Elektr energiyasi iste'moliga cheklovlar, birinchi navbatda, qaysi iste'molchi yuridik shaxslarning uskunalari elektr energetikasi tizimi ishlab turishining ishonchliligiga, elektr energiyasi sifatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, o‘sha iste'molchi yuridik shaxslarga nisbatan joriy etiladi.

Avariya rejimini bartaraf etishda uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan, ushbu ishlab chiqarishning to‘xtatilishi odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishiga, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iste'molchi yuridik shaxslarga nisbatan elektr energiyasi iste'molini cheklash faqat alohida hollarda va belgilangan tartibda tizim operatori tomonidan amalga oshiriladi.

Avariya rejimi vujudga kelganda elektr energiyasi iste'molini cheklash tartibi, shuningdek, elektr energiyasi iste'moliga cheklovlar joriy etilishi mumkin bo‘lgan iste'molchilar guruhlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Asosiy ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida, o‘rnatilgan releli himoya va avtomatika rejimi ishlashi tufayli, elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy texnik-muhandislik jarayoni hisoblanadi. Past kuchlanishli tarmoqlar yoki transformator punktlaridagi rejali ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilsa, iste'molchilar bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy bo‘linmalari tomonidan ogohlantiriladi. Turli omillar ta'sirida elektr ta'minotida sodir bo‘lgan nosozliklarni (favqulodda o‘chishlarni) oldindan aytish va bu haqda iste'molchilarni ogohlantirishning imkoni mavjud emas.

Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

Murojaatchiga va boshqa iste'molchilarga uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan mavzuga oid maqolalar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz:

✔️ MILLIY DISPETCHERLIK MARKAZI: Energotizimda yirik avariyalarning oldini olish uchun qo‘llanilayotgan choralarning ahamiyati

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1610

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1611

✔️ Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimi nima?

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1925

✔️ Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savol-javoblar matni

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1361

✔️ MARKAZIY OSIYO BIRLASHGAN ENERGOTIZIMIDA SODIR BO‘LGAN FAVQULOTDA HOLAT BO‘YICHA QISQA MA'LUMOT

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/950

✔️ AOKAda brifing: «ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/597

✔️ DISPETCHER ELEKTR TA'MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/177

✔️ CHEKLOVLAR O‘RNATILISHIGA MAJBUR BO‘LINMOQDA! yoxud bugungi kun energiya tejamkorligi madaniyati qay ahvolda?

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/150

 

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>