Energiya muammosi nafaqat O‘zbekiston balki mintaqa aholisi uchun ham dolzarb. Zamonaviy quruvchilikda bu muammoga energiya tejamkorlik orqali yechim topilgan, lekin u hali O‘zbekistonda keng qo‘llanilganicha yo‘q. Qurilish vazirligi hamda BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda 2017-yilda 800 ta bir qavatli, 2020–2022-yillarda esa 22 ta ko‘p qavatli energiya tejamkor uylar qurilib egalariga topshirilgan. Bu haqida Bo‘stonliq tumanida, «O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi doirasida OAV xodimlari uchun o‘tkazilgan seminar-trening davomida ma'lumot berildi.
Kecha, 26-oktabr kuni Energetika vazirligi, “O‘zneftgazinspeksiya”, “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJlar tomonidan mahalliy OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni Toshkent viloyatining O‘rta-Chirchiq tumanidagi ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan issiqxonalar faoliyati va ularning afzalliklari bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Dаvlаtimiz rаhbаri tоpshirig'i аsоsidа Xаlq qаbulxоnаlаri Аngrеn shаhridа tаshkil qilgаn nаvbаtdаgi оmmаviy qаbul ko'p qаvаtli uy-jоylаr, ijtimоiy sоhа оb'еktlаrini qish mаvsumigа tаyyorlаsh, issiqlik, suv, tаbiiy gаz, elеktr enеrgiyasigа оid mаsаlаlаrni hаl qilishgа qаrаtildi.
... Lekin biz hanuzgacha elektr energiyasini aholiga tannarxidan ikki barobar arzon sotayotgan davlatmiz. Ya'ni bu xalqparvar siyosat. Xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham. Elektr energiya arzon. Butun iqtisodiyotning lokomotivi bo‘lgan energiya resurslari masalasida biz hamon monopoliyada yuribmiz. Aholi uchun energetika tariflarini oshirolmaysiz. Masalan, bugun elektr energiyasi 295 so‘m. Uni 550 so‘m qilolasizmi? Yo‘q, chunki odamlarning daromadi yetmaydi. Odamlarning daromadi yo‘q bo‘lishiga sabab nima? Iqtisodiyot rivojlanmagan.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda FVV davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik O‘lmas Muzaffarov ushbu savolga javob berdi:
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida vazirliklari tasarrufidagi jami 20 340 ta ijtimoiy soha muassasalardan 3 207 tasida o‘rnatilgan tashqi, ichki elektr va issiqlik qurilmalari hamda isitish uchun o‘rnatilgan qozonlarning holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan.
Dunyodа hаr 20 tа elеktrоmоbilgа bittа quvvаtlаsh stаnsiyasi to'g'ri kеlsа, yurtimizdа bundаy jоylаr аtigi 50 tа bo'lib, аsоsаn, Tоshkеnt vа Sаmаrqаnd shаhаrlаridа jоylаshgаn. Elеktrоmоbillаrgа xizmаt ko'rsаtish mаrkаzlаri yo'q. Bаrchа hududlаr bаrqаrоr elеktr enеrgiyasi bilаn tа'minlаnmаgаni bоis quvvаtlаsh bilаn bоg'liq muаmmоlаr yuzаgа kеlishi tаyin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan ayni paytda rasmiy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘lib turibdi.
Aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir qiluvchi masalalar bo‘yicha davlat organlariga qilgan murojaatlarini tezkor va sifatli ko‘rib chiqish eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada mamlakatimizda tizimli ishlar tashkil etilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev “AzonTV” loyihasiga bergan intervyusida O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan atom elektr stansiyasi (AES)ni qayta ko‘rib chiqish kerakligi haqida fikr bildirdi.
Tilimiz, ayniqsa, termin va atamalar borasida orqaga ketayotganga o‘xshaydi. Chunki atamachilikni boshqaradigan markaz yo‘q, bori ham yopib yuborilgan. Shuning kasriga, har kim “atamashunos” bo‘lib ketdi. Masalan, har bir tuman elektr tarmoqlari idorasiga kirsangiz, qator turgan oynaband kiosklar tepasiga “TASVIRCHI” deb yozib qo‘yilganiga ko‘zingiz tushadi. Ammo... bu joyda o‘tiradigan xodimlar nimani tasvirlaydi? Razm solsak, “OPERATOR”ni biror akang qarag‘ay tilbuzar “kinooperator” bilan bir xil deb o‘ylab, uni ham “tasvirchi”ga aylantirib yuborgan ko‘rinadi. Holbuki, bu “tasvirchi”lar qarzingizni hisoblab beradi, surat olmaydi.
Ma’lumot uchun, 2026-yilga qadar umumiy quvvati 8000 MVt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Hukumat qarori bilan (609-son, 18.10.2022 y.) O‘zbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari tasdiqlandi.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 nafar iste’molchi tomonidan 87 mlrd so‘m yetkazilgan zarar undirilgan.
Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan 2022 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida vakolatli organ bilan kelishilgan holda tadbirlar o‘tkazildi. Unda 35 Kv va undan yuqori elektr qurilmalariga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari, energiya tizimi korxonalari, davlat tashkilotlarida hamda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha jami 718 ta holat aniqlangan. Bu esa elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 ta iste’molchi tomonidan 87 milliard so‘m yetkazilgan zarar bo‘yicha qayta hisob-kitoblar amalga oshirilgan.
“Biz iqtisodiy ehtiyotkorlik qilgan paytimizda Qozog‘iston bunday qilmadi. “Shok terapiyasi”ga biz kirmadik, Qozog‘iston kirdi. Biz 30 yil iqtisodiy masalalar bilan kamroq, siyosiy suverenitet masalasi bilan esa ko‘p shug‘ullandik, Qozog‘iston esa siyosiy suverenitet haqida o‘ylamasdan ko‘proq iqtisodiy rivojlanish haqida o‘yladi va bu o‘z natijasini berdi”, deydi siyosatchi.
Joriy yilning 13-14-oktabr kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo davlatlari Elektr energetika kengashining ishchi tartibdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
2022-yil 24-may kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 100 MVt quvvatli O‘zbekistondagi ikkinchi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan edi. Birinchisi 2021-yil 27-avgust kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida ishga tushirilgan edi.
Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimini tiklashda amaliy yordam berishga tayyor. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ostonada o‘tgan Rossiya-Markaziy Osiyo birinchi sammitida ma’lum qildi.