O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyani yetkazib berishni vaqtinchalik to‘xtatdi.
Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlariga IESlarning yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq og‘ir holat vujudga kelgani haqida xat chiqardi. Xatda blekaut yuzaga kelmasligi uchun soatlik elektr energiyasi iste’moli topshirig‘ini qat’iy ravishda bajarish so‘ralgan.
Energetika vazirligi aholini elektr va gaz ta’minotidagi muammolarni to‘g‘ri tushunishga chaqirgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati kunlar keskin soviy boshlagandan so‘ng iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi ham ortib borayotgani, shuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining ham keskin pasayishi kuzatilayotganini ma’lum qildi.
“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali barcha tizim tashkilotlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimlari va faollarini 11-noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ma'muriyati «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori Kozimjon aka Yo‘ldoshevning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga ta'ziya izhor etadi.
Yaqinda davlatimiz rahbari huzurida energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimoti o‘tkazildi va ayni masala davlat ahamiyatiga ega muammolardan biri sifatida tahlil etildi.
Insoniyatning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortmoqda. Ammo bu atrof-muhitning ko‘p miqdorda ifloslanishiga olib kelmoqda, ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Xitoy Xalq Respublikasining kimyo-muhandislik milliy korporatsiyasi prezidenti Ven Gan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Har gal ahvol shunaqa – 3-4 tomchi yomg‘ir yog‘ishi bilan elektr ta’minotida uzilish bo‘ladi. Tabiiyki, ishga, azim kentga tund qiyofada yo‘lga tushasan. Taassufki, voqelikning “rivoji” hamisha navqiron shaharda davom etadi: svetoforlar ishlamayotgan, ko‘chalar tirband...
Xayolingizga elektr energiyasini tejab ishlatish fikri tez-tez keladimi yoki bu haqda o‘ylashga vaqtingiz yo‘qmi? Mabodo uyingizda chiroq o‘chib qolsa, birinchi harakatingiz nimadan boshlanadi? Umuman, shu yorug‘lik manbasini ishlab chiqarish mashaqqatlari bo‘yicha qandaydir tasavvurga egamisiz?
Qarshi shahri Parvoz mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi 54 ta xonadonga nisbatan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz hisoblangan 274 million so‘mdan ortiq qarzdorlik sud asosida bekor qilindi.
Yodingizda bo‘lsa yurtimiz xotin-qizlarning sevimli nashri bo‘lgan “Saodat” jurnali hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida “Do‘stlar klubi” tashkil etilgani haqida xabar bergan edi.
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusidagi II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan 2 ta yirik strategik ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini “tayyor holda topshirish” sharti asosida xalqaro tender savdolari yakunlariga ko‘ra umumiy qiymati 80,0 mln dollar bo‘lgan 2 ta shartnoma imzolandi.
Mamlakatimizda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Transport vazirligi, “O‘zaviatsiya” agentligi, “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK, “Uzbekistan Airports” AJ, “O‘zgidromet” vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Afg‘onistonda Mavlono Jaloliddin Balxiy nomidagi Mozori-Sharif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklash bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish jarayoni yakuniga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.
1-noyabr soat 23:00 dan 3 noyabr soat 22:00 gacha elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahridan – 477ta. Shuningdek, Qashqadaryo (76ta) va Samarqanddan ham (73ta) ko‘p murojaatlar yo‘llangan. Iste'molchilar foydasiga 743 million so‘m undirib berilgan. Taqqoslaydigan bo‘lsak, o‘tgan yilgi ayni shu yo‘nalishdagi murojaatlar 873 tani tashkil etgan va o‘tgan yilgiga nisbatan bu yil 107taga ko‘pligini ko‘rish mumkin. Inobatga olish kerakki, bu murojaatlar nafaqat ta'minotdagi uzilishlar, balki elektr kuchining pastligi, moliyaviy qarzdorlik va aholidan noqonuniy pul undirish bilan ham bog‘liq.
“2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–408-son, 25.10.2022 y.) qabul qilindi.