MHXS
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasining 2020-yil yakunlari bo‘yicha sarhisobi
  • 24.02.2021
  • 646

  2020-yil nafaqat O‘zbekistonda balki, butun dunyoda qiyin, sinovli yil bo‘lganligi bilan yodda qoldi. Shunga qaramasdan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ shunaqa og‘ir o‘tgan yilda biror kun ham faoliyatini to‘xtatmadi. Ishlab chiqarish tizimi to‘xtovsiz ishladi. Ishchi va xodimlar ish xaqlari o‘z vaqtida to‘landi. Elektr energiyani ichki va tashqi bozorga ulgurji olib sotishni uzluksizligi ta'minlandi. Lekin pandemiya davrining og‘ir asoratlari Jamiyatimizning ham moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta'sir etmay qolmadi.

  Aksiyadorlik jamiyatning moliyaviy natijalariga tashkilot aktivlarining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249 sonli “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandiga asosan bozor narxlarida qayta narxlanib amortizatsiya xarajatlaring keskin oshib ketishi ham o‘z so‘zini aytdi. Buni 2020-yilning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tasdiqlovchi raqamlarda ko‘rish mumkin.

 

       

Ko‘rsatkichlar nomi

Biznes reja bo‘yicha

Haqiqatda

%

1

 Mahsulotlar sotishdan tushgan sof tushum

17 866 924,00

18 022 959,00

100,87

2

 Sotilgan mahsulotlar tannarxi

16 445 365,00

17 698 221,00

107,62

3

 Davr xarajatlari, shu jumladan;

642 126,00

217 853,00

33,93

4

 Sotish xarajatlari

 

30 365,00

 

5

 Boshqaruv xarajatlari

 

40 365,00

 

6

 Boshqa operatsion xarajatlar

502 614,00

147 123,00

29,27

7

 Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

10 000,00

154 174,00

1541,74

8

 Moliyaviy faoliyatning daromadlari, shu jumladan

 

22 721,00

 

9

 Dividendlar shaklidagi daromadlar

 

955,00

 

10

 Dividendlar shaklidagi daromadlar

 

21 766,00

 

11

 Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar

260 500,00

277 915,00

106,69

14

 Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)

518 933,00

5 866,00

1,13

15

 Foyda solig‘i

77 840,00

2 397,00

3,08

16

 Hisobot davrining sof foydasi (zarari)

441 093,00

3 468,00

0,79

 

  Bu jadvaldan ko‘rinadiki, Jamiyatda mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi sof tushum va asosiy faoliyatning boshqa daromadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha biznes reja bajarilgan. Faqat aktivlarni qayta narxlash hisobidan amortizatsiya xarajatlari va aktivlar uchun to‘lanadigan mol-mulk solig‘ining oshib ketishi natijasida Jamiyatning yakuniy moliyaviy natijalari ko‘rsatkichi sezilarli darajada kamayib ketdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>