Yangiliklar
Diqqat, eʼlon!
  • 27.04.2024
  • 50

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni maʼlum qiladiki, 220/35/10 kV kuchlanishli “NS-3” podstansiyasidagi 25 000 kVa quvvatli T-3 transformatorida taʼmirlash ishlarini olib borish uchun, podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli L-Talimarjon elektr uzatish havo tarmog‘i bugun, 27-aprel kuni soat 11:30 dan 16:00 gacha elektr taʼminoti umumtarmog‘idan vaqtincha uzib turiladi.

Taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilayotgan paytda Talimarjon shaharchasidagi “Obod” MFY, “Tinchlik” MFY, “Do‘stlik” MFY, “Obi-hayot” MFY, KMK FBga qarashli katta ustaxona belgilangan muddat ichida kuchlanishsiz qolishi mumkin.

⚡️ Isteʼmolchilardan taʼmirlash-sozlash zaruriyati tufayli kelib chiqqan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>