Yangiliklar
Andijon shahrida 752,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida “S.i.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar, Andijon shahridagi 23 ta ijtimoiy soha obyektining qozonxonalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 752,5 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

  • 04.04.2024
  • 62
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “SMEC International Pty. Limited” (Avstraliya) va Tractebel Engineering GmbH (Germaniya) hamda Pamir BV (Belgiya) konsorsiumlari o‘rtasida shartnoma imzolandi

Bugun, 2024-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 9-noyabrdagi PQ–363-sonli qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsion loyihasi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va xalqaro talablar darajasida olib borilishini nazorat qilish uchun “SMEC International Pty. Limited” (Avstraliya) konsalting kompaniyalari o‘rtasida shartnoma imzolandi.

  • 03.04.2024
  • 71
FM.87.9 to‘lqinlariga AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani haqida ma’lumot berildi

«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan dasturda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2023-yildagi faoliyati sarhisobi hamda 2024-yilda amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida maʼlumot taqdim etildi.

  • 03.04.2024
  • 62
Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan DXX va tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Mo‘minxo‘ja” MFY hududidagi uyda yashovchi R.S. tijorat maqsadida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 587,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

  • 03.04.2024
  • 68
FM.103.1 to‘lqinlariga AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani haqida ma’lumot berildi

«O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlarida efirga uzatilgan dasturda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2023-yildagi faoliyati sarhisobi hamda 2024-yilda amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida maʼlumot taqdim etildi.

  • 03.04.2024
  • 69
Energiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish o‘g‘rilik sifatida baholanadi

Qonunchilikka ko‘ra, tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

  • 02.04.2024
  • 63
2023-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi

Joriy yilning 1-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  • 02.04.2024
  • 72
Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari hamda idoraviy qorovul tarkibi xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyundagi “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘ZRQ-778-son Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi “Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2024-yil 20-martdagi 63-sonli buyrug‘iga muvofiq tizim filiallari tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari va idoraviy qorovul tarkibi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

  • 01.04.2024
  • 106
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Baxram Mamatmuratovich Mansurov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

  • 01.04.2024
  • 69
46 kilometr uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari ishga tushirildi (+video)

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

  • 31.03.2024
  • 65
2023-yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,3 foizga bajarildi

AOKAda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2023-yildagi faoliyati sarhisobi hamda 2024-yilda amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalari maʼlumot berdi.

  • 29.03.2024
  • 59
Press-tur: Yuqori kuchlanishli podstansiya boshliqlari uchun malaka oshirish tadbirlari tashkil etildi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ishchi tartibdagi yig‘ilishda Aksiyadorlik jamiyati mutaxassis kadrlari malakasini muntazam oshirib borish hamda ularni zamonaviy ilg‘or tajribalar bilan tanishtirish yuzasidan qator vazifalar qo‘ygan edi.

  • 29.03.2024
  • 90
“Yashil makon” loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom ettirilmoqda. Filial tasarrufidagi energetika obyektlari va maʼmuriy binolarning yer maydonlari hamda to‘siq devorlari atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

  • 29.03.2024
  • 75
MATBUOT ANJUMANI: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2023-yildagi faoliyati sarhisobi hamda 2024-yilda amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar (2024-yil 29-mart, juma, soat 15:00)

PRESS-RELIZ: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati. Aksiyadorlik jamiyati asosan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga transportirovka qilish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, elektr energiyasi eksport va import amaliyotlarini bajarish, shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-sozlash kabi ishlarni bajaradi.

  • 29.03.2024
  • 149
Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholandi

Joriy yilda 2023-yil natijalari bo‘yicha 95 ta davlat tashkilotining, jumladan 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratildi.

  • 29.03.2024
  • 117
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari fuqarolar murojaati bo‘yicha shaxsiy qabul o‘tkazdi

Bugun, 2024-yil 28-mart kuni «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov Aksiyadorlik jamiyatining ma'muriy binosida fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

  • 28.03.2024
  • 60
MATBUOT ANJUMANI UCHUN: Ochiq maʼlumotlar portaliga Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli maʼlumotlarni joylashtirish amaliyoti

Ochiq maʼlumotlar portaliga Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli maʼlumotlarni joylashtirish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning qarorga (2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son) muvofiq 2019-yil oktabr oyidan boshlab amalga oshirilmoqda.

  • 28.03.2024
  • 64
500 kV kuchlanishli “G‘uzor” podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyundagi O‘RQ–778-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabr sanasidagi «Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chorra-tadbirlari to‘g‘risida»gi 630-sonli qaroriga muvofiq «Qashqadaryo MET» filiali tasarrufidagi 500 kVli “G‘uzor” podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

  • 28.03.2024
  • 64
Soat 09:33 da qattiq shamol natijasida Toshkent shahrida 110 kVli «L-K-D» elektr uzatish tarmogʻi 60 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan.

Buning natijasida Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

  • 28.03.2024
  • 64
AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: 2024-yil 1-chorak davomida qayd etilgan murojaatlar va ularga berilgan rasmiy munosabat (murojaatchilarga yuborilgan javoblar)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16- iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoni (shu yo‘nalishda qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham) «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati tomonidan ijro etilmoqda. Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan 2021-yil 22-iyunda imzolangan 196-sonli buyruq masʼul xodimlar tomonidan ijro etilmoqda.

  • 28.03.2024
  • 78
>